Bayden Zelenskiyga tashvishlanishga hojat yo‘qligini aytdi

Ukraina prezidenti Zelenskiy va AQSh prezidenti Bayden Oq uyda o‘tkazgan ikki tomonlama uchrashuvdan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

1922197
Bayden Zelenskiyga tashvishlanishga hojat yo‘qligini aytdi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tashvishlanishga hojat yo‘qligini aytdi.

“Ukraina turgan ekan, biz hamisha uning yonida boʻlamiz”, deydi Jo Bayden.

Ukraina prezidenti Zelenskiy va AQSh prezidenti Bayden Oq uyda o‘tkazgan ikki tomonlama uchrashuvdan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

Bayden, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi muhim infratuzilmalarni nishonga olib, urushni yanada kuchaytirganini aytdi.

Baydenning taʼkidlashicha, 300 kundan ortiq davom etgan urush davomida Ukraina xalqi Rossiya va butun dunyoga oʻz vataniga boʻlgan muhabbatini va qatʼiyatini koʻrsatdi.

Bayden, AQShning hozirgacha Ukrainaga bergan yordamlarini sarhisob qilar ekan, Amerika Qo’shma Shtatlari Ukrainaga yordam berishda davom etishini qayd etdi.

Bayden Zelenskiyga yuzlanib, “Janob prezident, xavotir olmang, Ukraina bor ekan, biz hamisha uning yonida bo’lamiz”,- dedi.

Zelenskiy ham “Urushning so‘nggi 30 kunida biz Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarimizda yangi davrga qadam qo‘ydik va haqiqiy ittifoqchilarga aylandik”,-dedi.

Zelenskiy Baydenga Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, Patriot havo mudofaa tizimlari ular uchun juda muhim ekanini aytdi.

“Putinga biron gapingiz bormi?” degan savolga Ukraina rahbari shunday javob berdi:

“Prezident boʻlganimda, 2019-yilda Normandiyada Putin bilan uchrashgan edik. Men unga mamlakatimizga toʻliq bosqin boʻlmasligi keakligini, agressiyani toʻxtatish va mavjud muammolarga diplomatik yechim topish kerakligini aytdim. Vatanimizning hududiy yaxlitligini ta’minlash va xudo asrasin, umumxalq urushiga kirishmasligimiz kerak dedim. U zot: “Bunday narsa bo'lmaydi”, degandi. Biroq, u yolg'on gapirdi. Bunday vaziyatda unga qanday gapim bo’lishi mumkin?”.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #AQSh , #Vladimir Zelenskiy , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar