Xitoy va Rossiya “Qo'shma dengiz-2022” mashg‘ulotini o'tkazadi

Xitoy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, mashg'ulotlardan maqsad Xitoy va Rossiya o'rtasidagi yangi davrda keng qamrovli strategik muvofiqlashtirish sherikligini yanada chuqurlashtirish.

1921141
Xitoy va Rossiya “Qo'shma dengiz-2022” mashg‘ulotini o'tkazadi

 

Xitoy Mudofaa vazirligi 21-27 dekabr kunlari Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bilan hamkorlikda “Qo'shma dengiz-2022” mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Xitoy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, mashg'ulotlardan maqsad Xitoy va Rossiya o'rtasidagi yangi davrda keng qamrovli strategik muvofiqlashtirish sherikligini yanada chuqurlashtirish.

“Xitoy va Rossiya armiyalari 21-27 dekabr kunlari Chjushan sharqidan Taychjougacha boʻlgan suvlarda ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari oʻrtasida mushtarak harbiy mashgʻulot oʻtkazadi. Ushbu qo‘shma mashg‘ulotlardan maqsad ikki tomonning dengiz xavfsizligi tahdidlariga birgalikda javob berish, xalqaro va mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni saqlash, yangi davrda Xitoy-Rossiya keng qamrovli strategik muvofiqlashtirish sherikligini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qat’iyat va qobiliyatini namoyish etishdan iborat", deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Xitoy

Aloqador xabarlar