Afg'onistonda yonilg'i tankerining portlashi oqibatida 31 kishi halok bo’ldi

Afg'onistonning shimoliy viloyatlarini poytaxt Kobulga bog'lovchi yagona  o’tish yo’li  bo'lgan Salang tunnelida yoqilg'i tashuvchi tankerning portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni kecha 31 nafarga yetdi.

1920739

Tolibon muvaqqat hukumati Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sharaft Zamon bu boradagi so'nggi ma'lumotlarni matbuot bilan o'rtoqlashdi.

Zamon, tunnelda sodir bo'lgan halokatda hayotdan ko'z yumganlar sonining hozirgacha 31 nafarga, yaralanganlar sonining esa 37 nafarga yetganini bildirdi.

Vayronalar ostida qolib ketgan odamlar borligiga diqqat qaratgan Zamon, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini, qurbonlar va yaradorlar soni ortishi mumkinligini qayd etdi.

Erta tongda yoqilg'i tashuvchi tankerning ag'darilishi natijasida voqea sodir bo'lgan Salang tunneli hali harakatga ochilmagan bo'lsa-da, guvohlarning aytishicha, tunnelda yonayotgan mashinalar orasida ko'mir ortilgan yuk mashinalari ham bo'lgan.

Tanlangan kalimalar: #Portlash , #Tunal , #Salang , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar