Malayziyadagi lagerda sodir bo'lgan ko'chki tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 23 nafarga yetdi

Rasmiylar, poytaxt Kuala-Lumpur shimolidagi Selangor shtatidagi Batang Kali shahridagi lagerda ko'chki sodir bo'lganini ma'lum qildi.

1920209

Vakillar, ko'chki ortidan boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlarida, bir ona va chaqaloq bilan birga 7 nafar jasadning yana topilganini, qurbonlar sonining 23 nafarga yetganini bildirdi.

Rasmiylarning xabar berishicha, 10 kishidan xabar olinmagan holda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Selangor rasmiylari hayotdan ko'z yumganlardan 6 nafarining bolalar ekanligini ma'lum qildi.

Ayni paytda, lager litsenziyasiz ishlagani ma'lum bo'ldi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Ko'chki , #Lager , #Malayziya

Aloqador xabarlar