Bosniya va Gertsegovinada hukumat tuzish uchun koalitsiya kelishuvi imzolandi

Bosniya va Gertsegovinada 2 oktyabr kuni bo'lib o'tgan umumiy saylovlar ortidan, davlat darajasida hukumat tuzilishiga yo'l ochuvchi koalitsiya kelishuvi poytaxt Sarayevoda imzolandi.

1919716
Bosniya va Gertsegovinada hukumat tuzish uchun koalitsiya kelishuvi imzolandi

Bosniya va Gertsegovinada 2 oktyabr kuni bo'lib o'tgan umumiy saylovlar ortidan, davlat darajasida hukumat tuzilishiga yo'l ochuvchi koalitsiya kelishuvi poytaxt Sarayevoda imzolandi.

Xorvatiya Demokratik Ittifoqi (HDZ), Mustaqil Sotsial Demokratlar Ittifoqi (SNSD) va Sarayevoda joylashgan muxolif partiyalardan tashkil topgan "Sakkizlik" ittifoqi o'rtasida imzolangan kelishuvdan so'ng, Bosniya va Gertsegovinada hukumat tuzilishi belgilandi.

HDZ Bosniya-Gersegovina Raisi Dragan Kovich, Bosniya va Gertsegovina Vazirlar Kengashining shakllanishi uchun harakat qilishlarini maʼlum qildi va “Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini olishni muhim voqea boʻlishini vaʼda qilgan edik.  Biz muvaffaqiyatga erishdik”. dedi.

SNSD rahbari va Bosniya va Gersegovinaning ikki  etnikdan  biri bo'lgan Serb Respublikasi (RS) prezidenti Milorad Dodik mamlakatda bunday kelishuvga birinchi marta erishilayotganini aytdi.

"Hukumat imkon qadar tezroq tuzilib, jiddiy muammolarni hal qilish kerak. Birinchi marta hamma oldinga intilishimiz kerak degan fikrga qo'shildi".  Dedi u.

"Sakkizlik" ittifoqi nomidan bayonot bergan Sotsial Demokratik Partiya (SDP) raisi Nermin Nikshich,  farqlarni  qabul qilib, hamkorlikda ishlashga qaror qilganliklarini qayd etdi.

Ayni paytda, oldingi koalitsiya muzokaralarida HDZdan Borjana Kristoning Bosniya va Gersegovina Vazirlar Kengashi raisi, Nermin Nikshichning Bosniya Federatsiyasi Bosh vaziri bo'lishi va Bosniya Federatsiyasi Bosh vaziri bo'lishi haqida kelishuvga erishilgani e'lon qilingan edi.

Oxirgi saylovlar ortidan Bosniya va Gertsegovinada hukumat 14 oydan keyin tuzila olgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar