Kobulda xitoyliklar joylashgan mehmonxonaga hujum sodir etildi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharning Nev tumanidagi Xitoy mehmonxonasiga qurolli va bombali hujum uyushtirilgan.

1918249
Kobulda xitoyliklar joylashgan mehmonxonaga hujum sodir etildi

 

Afg'oniston poytaxti Kobulda xitoyliklar joylashgan mehmonxonaga hujum uyushtirildi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharning Nev tumanidagi Xitoy mehmonxonasiga qurolli va bombali hujum uyushtirilgan.

Hujumchilar mehmonxonaga bostirib kirib, atrofga o'q uza boshlagan.

Portlash va otishma ovozlari eshitilgan hududga ko'p sonli Tolibon a'zosi yetib kelgan.

Tolibon a'zolari mehmonxonaga olib boradigan barcha ko'chalarni transport harakati uchun yopib qo'ygan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar