JSSTga a'zo davlatlar dunyoni global epidemiyaga qarshi himoya qilishga kelishdi

Tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan Hukumatlararo muzokaralar boʻlimi (INB) 3-yigʻilishining soʻnggi kunida JSSTga aʼzo davlatlar uchun qonuniy kuchga ega boʻlgan epidemiyaga qarshi xalqaro kelishuv loyihasi masalasi muhokama qilindi

1916419
JSSTga a'zo davlatlar dunyoni global epidemiyaga qarshi himoya qilishga kelishdi

 

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga (JSST) a'zo davlatlar dunyoni mumkin bo'lgan global epidemiyalardan yaxshiroq himoya qilish va birgalikda kurashish uchun rejalashtirilgan birinchi xalqaro shartnoma loyihasini ishlab chiqishni ma'qulladi.

Tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan Hukumatlararo muzokaralar boʻlimi (INB) 3-yigʻilishining soʻnggi kunida JSSTga aʼzo davlatlar uchun qonuniy kuchga ega boʻlgan epidemiyaga qarshi xalqaro kelishuv loyihasi masalasi muhokama qilindi.

Yig'ilishdan so'ng JSST tomonidan qilingan bayonotda, a'zo davlatlarning ko'pchiligi kelishuv loyihasini tayyorlash jarayonining boshlanishiga kelishib olgani ma'lum qilindi.

INB hamraisi Roland Drisning ta'kidlashicha, ushbu ittifoq bilan a'zo davlatlar kelajakdagi epidemiyalarga qarshi ko'proq tayyorlanish, hamkorlikda harakat qilish va Kovid-19dagi xatolardan ko'proq o'rganish uchun qat'iy xabar yuborishadi.

INBning qaror bilan loyihalash jarayonini boshlashini qayd etgan Driece, 27-fevral kuni bo'lib o'tadigan 4- yig'ilishda shartnoma loyihasidagi moddalarni muhokama qilishga kirishishlarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #JSST

Aloqador xabarlar