Putin dunyoda yadro urushi xavfi ortib borayotganini ma'lum qildi

Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi aqldan ozmaganini va yadro qurolidan foydalanish oqibatlaridan xabardor ekanini ham ta’kidladi.

1916340
Putin dunyoda yadro urushi xavfi ortib borayotganini ma'lum qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari bilan uchrashuvda dunyoda yadro urushi xavfi ortib borayotganini ma'lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya "har qanday sharoitda" ommaviy qirg‘in qurolini birinchi bo‘lib qo‘llamaydi. 

Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi aqldan ozmaganini va yadro qurolidan foydalanish oqibatlaridan xabardor ekanini ham ta’kidladi.

U qolaversa, Donbasda yashovchi aholining huquqlari 8 yildan beri poymol etilayotganini va xalqaro tashkilotlar bunga e'tibor bermaganini ta'kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson Huquqlari Kengashi, Yevropa Kengashi va boshqa inson huquqlari tashkilotlari Ukrainada boshlangan “maxsus harbiy amaliyot” ortidan “uyg’onganliklarini” ifoda etgan Putin,

“Bularning barchasi mazkur tuzilmalar o‘z nizomlarida belgilangan vazifalarni bajara olmasligini ko‘rsatdi. O‘zining aniq noto‘g‘ri qarashlari tufayli Rossiya ushbu tashkilotlardagi a’zoligini tugatishga majbur bo‘ldi”,-dedi.

G'arbdagi inson huquqlari tashkilotlari "Rossiyani hech qanday tarzda mavjud bo'lish huquqiga ega bo'lmagan ikkinchi darajali bir davlat sifatida ko'rishlarini" tilga olgan Putin, o'zlarining milliy manfaatlari uchun turli yo'llar va vositalar bilan kurash olib borishini aytdi.

“Avvalo, biz tinch yoʻllarga eʼtibor qaratamiz. Ammo, majbur bo'lsak, biz qo'limizdagi barcha vositalar bilan o'zimizni himoya qilamiz”,-deydi Putin.

"Mudofaa vositalaridan foydalanish strategiyamiz, ya’ni biz ommaviy qirg‘in qurollari birinchi navbatda mudofaa vositasi deb hisoblaymiz, bularning barchasi javob zarbasi deb ataladigan jarayon atrofida qurilgan. Agar bizga zarba berilsa, javob qaytaramiz", deb tushuntirdi prezident. 

27 oktyabr kuni Vladimir Putin Rossiya Ukrainaga yadroviy zarba berishdan harbiy yoki siyosiy manfaatdor emasligini aytgandi. 


Tanlangan kalimalar: #Putin

Aloqador xabarlar