AQShning Shimoliy Karolina shtatida favqulodda holat e'lon qilindi

AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi bir okrugda elektr tarmog'iga hujum uyushtirildi. Hujum ortidan favqulodda holat e'lon qilindi.

1914877
AQShning Shimoliy Karolina shtatida favqulodda holat e'lon qilindi

 

AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi bir okrugda elektr tarmog'iga hujum uyushtirildi.

Hujum ortidan favqulodda holat e'lon qilindi.

Shimoliy Karolina shtatining Mur okrugidagi elektr tarmoqlariga qurolli hujum uyushtirildi.

Hujum ortidan 45 ming kishi elektrsiz qolib, tumanda favqulodda holat e'lon qilindi.

Talonchilik va o‘g‘irlikning oldini olish maqsadida tuman bo‘ylab soat 21:00 dan ertalabki 5 gacha komendantlik soati joriy etildi.

Hujumchilar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

FQB tergovni o'z zimmasiga oldi.

Ta'kidlanishicha, elektr tarmoqlarini ta'mirlash payshanba kuniga qadar davom etishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar