Zelenskiy: 1300 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi rus asiridan qutqarildi

Vladimir Zelenskiy oqshom soatlarida Telegram orqali qilgan videomurojaatida, Ukrainada Rossiya urushining davom etayotganini yodga soldi.

1913898
Zelenskiy: 1300 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi rus asiridan qutqarildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya urush boshlatgan 24-fevraldan beri 1300 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchining rus asiridan qutqarilganini ma’lum qildi.

Vladimir Zelenskiy oqshom soatlarida Telegram orqali qilgan videomurojaatida, Ukrainada Rossiya urushining davom etayotganini yodga soldi.

Oxirgi marotaba kecha, 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan asirlar almashinuvida ukrainalik 50 nafar harbiy xizmatchining uylariga qaytganini bildirgan Zelenskiy, bugungacha jami 1300 dan ortiq ukrainalik Rossiya asiridan ozod etilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Zelenskiy mavzu haqida:

“Hammasini olib kelaylik. Butun Ukraina ozod bo‘ladi. Ukrainaliklarning hammasi uyda bo‘ladi”. - dedi.

Ukrainadagi diniy xizmatlar muassasalarida Rossiya maxfiy xizmatlari vakolatlari kamaytirilishi uchun xavfsizlik kuchlari bilan yig‘ilish o‘tkazganliklarini qayd etgan Ukraina rahbari:

“Milliy xavfsizlikni ta’minlashdan mas’ul barcha institutlar, maxsus rus xizmatlarining Ukrainaning diniy muhitidagi qo‘poruvchilik faoliyatini aniqlab, bularga qarshi ko‘riladigan choralarni kuchaytirishi kerak”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar