Stoltenberg: Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak

Yens Stoltenberg Germaniya kansleri Olaf Scholz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin matbuot anjumani uyushtirdi.

1913697
Stoltenberg: Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning, NATOni Ukrainadagi urushga tortishiga ruxsat bermasligini qayd etdi.

Germaniya kansleri Olaf Scholz bilan poytaxt Berlindagi uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan mushtarak matbuot anjumanida gapirgan Bosh kotib Stoltenberg, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlatilgan urush, xalqaro huquqqa zid ekanini takrorladi.

Stoltenberg mavzu haqida:

“Urush tufayli qish yana-da yomon o‘tmoqda. Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak. Biz Putinning NATOni urushga tortishiga yo‘l qo‘ymaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Germaniya kansleri Olaf Scholz ham NATOdagi ittifoqlari bilan ehtiyojlari asosida Ukrainaga kerakli yordamni berishni davom ettirishlarini qayd etdi.

“Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak”. – degan Scholz, NATO urushda taraf tutmasligi kerakligi, bu orqali keng taranglikning oldini olishini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar