Guterrish Afrika qit’asini tinchlikka chaqirdi
Antonio Guterres, Efiopiya poytaxti Addis Ababada bu gal oltinchisi uyushtirilgan Afrika ittifoqi - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (AfB-UN) yillik konferentsiyasidan keyin matbuotga bayonot berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afrika qit’asini tinchlikka chaqirdi.
Antoniu Guterrish, Efiopiya poytaxti Addis Ababada bu gal oltinchisi uyushtirilgan Afrika ittifoqi - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (AfB-UN) yillik konferentsiyasidan keyin matbuotga bayonot berdi.
Guterrish undagi so‘zlarida, Afrika qit’asini tinchlikka chaqirar ekan shuningdek:
“Bugun, qit’ada tinchlik o‘rnatish uchun institutlarimiz qanday faoliyat yuritgani haqida gaplashdik. Afrika tinchlikka loyiq va unga muhtoj”. - dedi.
BMT Bosh kotibining qoʻshimcha qilishicha, tinchlik har doim zarur ammo unga erishish esa murakkab.
Guterrish Efiopiyada Bosh vaziri Abiy Ahmed va Afrika ittifoqi - Birlashgan Millatlar Tashkiloti komissiyasi raisi Musa Faki Mahamat bilan ham uchrashdi.
Anjumanda Afrikada inson huquqlari, iqlim o‘zgarishi, xavfsizlik va taraqqiyot kabi masalalar muhokama qilindi.