Yaponiya va Mo'g'uliston yetakchilari, Shimoliy Koreyadan raketa sinovlarini to'xtatishga chaqirdi

Yaponiya va Mo'g'uliston yetakchilari raketa sinovlari va yadroviy dasturi bilan xavf tug'dirayotgan Shimoliy Koreyani bu faoliyatlarini to'xtatishga chaqirdi.

1912941

Yaponiya poytaxti Tokioga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaa Xurelsux Yaponiya Bosh vaziri Kisida Fumio bilan uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy munosabatlarni muhokama qildi.

Uchrashuvdan soʻng eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda Kishida va Xurelsux Shimoliy Koreya maʼmuriyatini raketa sinovlari va yadroviy dasturini toʻxtatishga chaqirdi.

Liderlar Pxenyan maʼmuriyatidan Shimoliy-Sharqiy Osiyo tinchligi va barqarorligi uchun BMT  Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga “moslashishni” soʻradi.

Bayonotda ikki davlat, shuningdek, Shimoliy Koreya tomonidan hibsga olingani aytilayotgan “Yaponiya fuqarolari”ni vataniga qaytarish masalasini “zudlik bilan hal etish”ni talab qilgan.

Mo'g'uliston Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarga ega.

“Qo‘lga olingan yaponiyaliklar” masalasida Tokio hukumati Mo‘g‘ulistonni “muhim vositachi” sifatida ko‘radi.

Maʼlumki, Shimoliy Koreya maʼmuriyati 2022-yil boshidan buyon turli masofalarda 30 dan ortiq raketa sinovlarini oʻtkazdi.

Aloqador xabarlar