Afg‘onistonning Samangan viloyatidagi madrasada yuz bergan portlashda kamida 10 nafar halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Samangan viloyatidagi madrasada yuz bergan kuchli portlashda kamida 10 nafar talaba halok bo‘ldi.

1913035

Tolibon muvaqqat hukumati Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Nafi Takor matbuotga bergan bayonotida, Samangan viloyatining markaziy tumani Aybek shahridagi Jihodiya madrasasida peshin namozi vaqtida portlash sodir bo‘lganini aytdi.

Takor, portlashda kamida 10 o'quvchining hayotdan ko'z yumganini, ko'plab talabalarning jarohatlanganini ma'lum qildi.

Voqea joyiga birinchi tibbiy yordam guruhlari yuborildi.

Hozircha hech kim portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Tanlangan kalimalar: #Portlash , #Madrasa , #Samangan , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar