Germaniya kansleri Olaf Scholz Rossiya ma'muriyatini tanqid qildi

Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, 24 fevraldan beri Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan Rossiya xalqaro huquqni shafqatsizlarcha buzganidan afsusda.

1911764

Olaf Scholz, Focus jurnaliga bergan bayonotida

Rossiyaning, Yevropadagi davlatlar bir-birlari bilan urush qilgan davrlarda bo'lgani kabi o'z hududini kuch bilan kengaytirishga harakat qilganini ifoda etgan Scholz, urush va imperializm Yevropaga qaytganini aytdi.

Ukrainadagi urush Moskva rejalashtirganidan juda farq qilganini qayd etgan Scholz

"Qandaydir, Rossiya ham bu og'ir vaziyatdan chiqish yo'lini qidiradigan vaqt kelishi kerak. Qo'shinlarni olib chiqib ketish markaziy ahamiyatga ega". Degan ifoda o’rin berdi.

Germaniya kansleri Ukrainadagi urush xalqaro huquqning barcha qoidalarini buzishini ta'kidladi

"(Rossiya prezidenti) Vladimir Putin bu urush uchun javobgar. U yerda aql bovar qilmaydigan darajada shafqatsiz harbiy jinoyatlar sodir etilgan. Biz jinoyatlarni fosh qilishga, aybdorlarni aniqlashga va ularni javobgarlikka tortishga yordam beramiz". Deya qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Tanqid , #Rossiya , #Olaf Scholz , #Germaniya

Aloqador xabarlar