Britaniya Ukrainaga 50 mln funt sterlinglik mudofaa paketini va'da qildi

Rasmiy London Ukrainaga 125 ta zenit quroli va havo mudofaasi va dronlar hujumidan yaxshiroq himoyalanishi uchun maxsus texnikalar yetkazib berilishini e’lon qildi. Harbiy yordamning yangi paketi hajmi 50 million funt sterlingni tashkil qiladi.

1908354
Britaniya Ukrainaga 50 mln funt sterlinglik mudofaa paketini va'da qildi

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak kecha, 19 noyabr kuni Kiyevga tashrif bilan keldi va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Yetakchilar xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi.

Britaniya hukumati rahbari devoni ma'lum qilishicha, Rishi Sunak Zelenskiy bilan uchrashganidan keyin rasmiy London Ukrainaga 125 ta zenit quroli va havo mudofaasi va dronlar hujumidan yaxshiroq himoyalanishi uchun maxsus texnikalar yetkazib berilishini e’lon qildi.

“Bugun biz Ukrainani yangi havo hujumidan mudofaa vositalari, jumladan, zenit qurollari, radarlar va dronlar bilan ta’minlamoqdamiz, shuningdek, sovuq va qattiq qish arafasida Ukrainaga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirmoqdamiz”, deydi Rishi Sunak.

Xabarda qayd etilishicha, harbiy yordamning yangi paketi hajmi 50 million funt sterlingni (59,5 million dollar) tashkil etadi.

Uchrashuvda Sunak va Zelenskiy Ukrainani mojaro tugaganidan keyin “qayta qurish rejalari”ni ham muhokama qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rishi Sunak , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar