Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yetakchilari Ukraina urushini to‘xtatishga chaqirdi

ATIH rahbarlari tomonidan e'lon qilingan bayonotda, Rossiya-Ukraina urushining salbiy oqibatlariga e'tibor qaratildi.

1908174
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yetakchilari Ukraina urushini to‘xtatishga chaqirdi

 

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yetakchilari Tailandda bo‘lib o‘tgan "Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi" (ATIH) sammitida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga chaqirdi.

ATIH rahbarlari tomonidan e'lon qilingan bayonotda, Rossiya-Ukraina urushining salbiy oqibatlariga e'tibor qaratildi.

Bayonotda, ko'plab davlatlarning Ukrainadagi urushni qoralagani, urush va xavfsizlik bilan bog'liq masalalarning "global iqtisodiyot uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi"ga urg'u berilgani bildirildi.

Urush chuqur inflyatsiya, oziq-ovqat xavfsizligi va ta'minot zanjirida muammolarga sabab bo'lganligi qayd etilgan deklaratsiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2 mart kuni "Rossiya Federatsiyasining barcha harbiy kuchlari darhol, to'liq va shartsiz Ukraina hududidan xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasida olib chiqib ketishni soʻradi”,- degan ifodalarga o'rin berilgan.

 

Tailand poytaxti Bangkokda "Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi" (ATIH) forumi bo'lib o'tmoqda.

Poytaxtdagi qirolicha ona Sirikit nomidagi kongress-markazda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda COVID-19 pandemiyasi hamda qudratli mamlakatlar o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli dunyo iqtisodiyotida kuzatilayotgan tanglik masalalari muhokama qilinmoqda.  

Forum bugun, 19 noyabrda yakuniga yetadi. U 2019 yildan buyon ilk bor yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tmoqda. ATIHning Bangkok  forumi shiori uchta so‘zdan iborat: "Ochiqlik, Qo‘shilish, Muvozanat".    

Umuman olganda, ATIH ishtirokchilarini mamlakatlar, deb bo‘lmaydi. Unda hududiy-davlat iqtisodiy tuzilma sifatida  alohida delegatsiya bo‘lib ishtirok etmoqda.

Masalan, forumda XXR tarkibiga kiruvchi ikkita avtonom iqtisodiy hudud – Gonkong va Tayvan vakillari alohida delegatsiya bo‘lib  ishtirok etmoqda. Forumga jami 21 ta iqtisodiy birlik vakillari kelgan. Ular Avstraliya, Bruney, Kanada, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Yangi  Zelandiya, Filippin, Singapur, Tailand, AQSH, Tayvan, Gonkong, XXR, Meksika, Papua-Yangi Gvineya, Chili, Peru, Rossiya va Vetnamdan iborat.  

ATIH sa’y-harakatlari mintaqaning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini ta’minlash va Osiyo-Tinch okeani hamjamiyatini mustahkamlashga qaratilgan.  



Aloqador xabarlar