Peruda samolyot o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Peruning LATAM Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot Lima aeroportidan havoga ko‘tarilayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi.

1908169
Peruda samolyot o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

 

Kecha, 18 noyabr kuni Peruning LATAM Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot Lima aeroportidan havoga ko‘tarilayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining barchasi omon qolgan. Biroq yo‘lovchilardan 20 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan kamida ikki nafarining ahvoli juda og‘ir.

Peru Prezidenti Pedro Kastillo Twitter'dagi bayonotida ikki o‘t o‘chiruvchining oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning sog‘ayib ketishi uchun duoda ekanini ma’lum qilgan.

Samolyot havoga ko‘tarilayotganda o‘t o‘chirish mashinasi nima uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirib qolgani noma’lum. Prokuratura voqeani potensial qotillik sifatida tekshirayotganini bildirdi.

Hududga ko'p sonli o't o'chiruvchilar va qutqaruv guruhlari yuborildi.

Aeroport shirkati tomonidan berilgan bayonotda, samolyotning o'ng qanoti yuk mashinasiga borib urilgani va hodisa sabablari o'rganilayotganligi bildirildi.

Peru o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Luis Ponse La Jara to‘qnashuvda ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Peru

Aloqador xabarlar