Guterrish Prezident Erdo‘g‘an va Türkiyega minnatdorchilik bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish, Prezident Erdo‘g‘an va Türkiyega minnatdorchilik bildirdi.

1907679
Guterrish Prezident Erdo‘g‘an va Türkiyega minnatdorchilik bildirdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida imzolangan don yo‘lagi kelishuvi muddati uzaytirilar ekan buning uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Türkiyega minnatdorchilik bildirdi va bu haqida:

“Ularning saxiyligi va qat’iyati bo‘lmaganida, bu tashabbus hech qachon tug‘ilmasdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Guterrish, Türkiye va BMT vositachiligida Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida imzolangan don kelishuvining 120 kunga uzaytirilishi ortidan o‘zining Twitter sahifasida bergan bayonotida kelishuvning yangilanishidan mamnunligini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an va Türkiyega minnatdorchilik bildirgan Guterrish,

“Ularning saxiyligi va qat’iyati bo‘lmaganida, bu tashabbus hech qachon tug‘ilmagan bo‘lardi. Istanbul, favqulodda diplomatik muvaffaqiyatlar markazi bo‘lishni davom etmoqda”,-dedi.



Aloqador xabarlar