Raketa Polshaning Ukraina chegarasidagi bir qishloqqa kelib tushdi

Polshaning Ukraina bilan chegarasidagi Prjevodov qishlog‘iga kelib chiqishi noma’lum raketa qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

1907029
Raketa Polshaning Ukraina chegarasidagi bir qishloqqa kelib tushdi

Polshaning Ukraina bilan chegarasidagi Prjevodov qishlog‘iga kelib chiqishi noma’lum raketa qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Prezident Anjey Duda “Raketani kim otganiga oid aniq dalil yoʻq”  deya ifoda etib Milliy xavfsizlik kengashini  yig’ilishga chaqirishga qaror qildi.

Polsha Bosh vaziri Mateusz Morawiecki, o'z davlatining NATO a'zosi ekanligini eslatib, NATOning 4-moddasini faollashtirish variantining kun tartibida ekanligini aytdi.

Moravetskining xabar berishicha, Rossiya elchisi Polsha Tashqi ishlar vazirligiga chaqiriladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda, so'z yuritilayotgan raketaning Rossiyaga tegishli emasligi ta'kidlangan.

“Rossiya raketalari Polsha tuprogʻiga qulagani haqidagi ayblovlar qasddan qilingan provokatsiyadir. Bu keskinlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan. Rossiya tomonidan Polsha-Ukraina chegarasidagi nishonlarga hech qanday hujum amalga oshirilmagan”.  Deya ifoda etilgan.

Bayonotda, Polsha ommaviy axborot vositalari tomonidan Prjewodow qishlog'idagi voqea joyidan chop etilgan qoldiqlarning Rossiya qurollari bilan  aloqasi yo'qligi ta'kidlangan.

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Polsha Prezidenti Duda bilan uchrashib, birdamliklarini bildirdi.

Uchrashuvdan keyin Oq uy tomonidan qilingan bayonotda, Baydenning tergov jarayonida Polshaga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligi bildirildi.

"Bayden Qo'shma Shtatlarning NATOga sodiqligini yana bir bor ta'kidladi. Ikki lider tergov davom etar ekan, tegishli qadamlarni belgilash uchun yaqin aloqada bo'lishga kelishib oldi". Deya qayd etdi.

Ayni paytda, NATO Polshaga raketa uchirilishi munosabati bilan,

"Biz bu xabarni tekshirmoqdamiz va ittifoqchimiz Polsha bilan yaqindan hamkorlik qilamiz." Deya bayonot berdi.

NATO bosh kotibi Stoltenberg NATO vaziyatni kuzatayotganini aytdi.

Yevropa Ittifoqi (YI) Kengashi prezidenti Charlz Mishel Yevropa Ittifoqi Polsha tarafida ekanligini va Polsha rasmiylari, Yevropa Ittifoqi Kengashi aʼzolari va boshqa ittifoqchilar bilan aloqada ekanligini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kelib tushdi , #Prjevodov , #Raketa , #Polsha

Aloqador xabarlar