AQSh Ukraina uchun qo'shimcha 37,7 mlrd dollar mablag' ajratmoqchi

Oq uyning Kongressga yo‘llagan rasmiy so‘rovida Rossiyaning “bosqin”iga qarshi Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 37,7 milliard dollar miqdoridagi yordamni tasdiqlash so‘ralgan.

1906919
AQSh Ukraina uchun qo'shimcha 37,7 mlrd dollar mablag' ajratmoqchi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarida Oq uy ma'muriyati Kongressdan Ukraina uchun qo'shimcha 37,7 milliard dollar yordam so'radi.

Oq uyning Kongressga yo‘llagan rasmiy so‘rovida Rossiyaning “bosqin”iga qarshi Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 37,7 milliard dollar miqdoridagi yordamni tasdiqlash so‘ralgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu mablag'ning 21,7 milliard dollari mudofaa, 14,5 milliard dollari esa Ukrainaga to'g'ridan-to'g'ri yordamni o'z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Ukrainaga yadroviy xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash, strategik neft zaxiralarini modernizatsiya qilish va barqaror energiya manbalarini sotib olish uchun 626 million dollar ajratiladi, paketdan 900 million dollar esa ukrainaliklarga sog'liqni saqlashni qo'llab-quvvatlash sifatida o'tkaziladi.

Fevral oyida urush boshlanganidan beri AQSh Ukrainaga jami 18 milliard dollar yordam berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #AQSh

Aloqador xabarlar