BMT Bosh assambleyasi Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

“Ukrainaga qarshi tajovuz munosabati bilan huquqbuzarliklarni bartaraf etish va tovon to‘lash to‘g‘risida”gi hujjatga 94 davlat ovoz berdi, 14 davlat qarshi bo‘ldi, 73 davlat betaraf qoldi.

1906431
BMT Bosh assambleyasi Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

 

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining favqulodda sessiyasi ishtirokchilari Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan jabr ko‘rganlarga Rossiya tomonidan tovon to‘lash mexanizmi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

“Ukrainaga qarshi tajovuz munosabati bilan huquqbuzarliklarni bartaraf etish va tovon to‘lash to‘g‘risida”gi hujjatga 94 davlat ovoz berdi, 14 davlat qarshi bo‘ldi, 73 davlat betaraf qoldi. 

Belarus, Markaziy Afrika Respublikasi, Xitoy, Kuba, Shimoliy Koreya, Eritreya, Efiopiya, Eron, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Zimbabve qarshi ovoz bergan. 

Rezolyutsiya Ukraina bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi yoki Ukrainaga qarshi xalqaro huquqbuzarliklari oqibatida yetkazilgan zarar, yo‘qotish yoki zararni qoplash uchun xalqaro mexanizm yaratish zarurligini tan oladi. 

Hujjatda davlatlarga urush oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, Ukraina davlatiga yetkazilgan zarar, yo‘qotish yoki jarohatlar to‘g‘risidagi dalillar va ma’lumotlarni hujjatlashtirish uchun bunday yo‘qotishlarning xalqaro reyestrini yaratish bo‘yicha tavsiyalar mavjud. 

Rezolyutsiya, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlarining Ukraina suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab, Rossiyadan kuch ishlatishni zudlik bilan to‘xtatishni va Ukraina hududidan o‘zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasida barcha qurolli kuchlarini to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni talab qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari qonuniy kuchga ega boʻlmasa-da, siyosiy ahamiyatga ega.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #BMT

Aloqador xabarlar