Rossiya "doʻst boʻlmagan" davlatlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni toʻxtatdi

Qarorga ko‘ra, AQSh, Britaniya, Germaniya, Kanada, Bolgariya, Litva, Slovakiya, Polsha, Chexiya, Chernogoriya va Estoniyaning ayrim kompaniyalari bilan hamkorlik to‘xtatildi.

1903772
Rossiya "doʻst boʻlmagan" davlatlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni toʻxtatdi

 

Rossiya "doʻst bo'lmagan” mamlakatlarning 74 kompaniyasi bilan harbiy-texnik hamkorlikni toʻxtatdi.

Rossiya hukumatidan berilgan yozma bayonotda, "doʻst boʻlmagan" davlatlarning 74 ta kompaniyasi bilan harbiy-texnik hamkorlikka sanksiya qoʻllashga qaror qilingani taʼkidlandi.

Qarorga ko‘ra, AQSh, Britaniya, Germaniya, Kanada, Bolgariya, Litva, Slovakiya, Polsha, Chexiya, Chernogoriya va Estoniyaning ayrim kompaniyalari bilan hamkorlik to‘xtatildi.

Bayonotda sanksiya qarori Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etgan davlatlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar