Nigeriyaning Rivers shtatida ikki etnik guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda 8 kishi halok bo‘ldi

To'qnashuvda 8 kishining hayotdan ko'z yumganini tilga olgan İringe-Koko, ko'p odamning  esa yaralanganini qayd etdi.

1902996
Nigeriyaning Rivers shtatida ikki etnik guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda 8 kishi halok bo‘ldi

 

Nigeriyaning Rivers shtatida ikki etnik guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda 8 kishi halok bo‘ldi.

Rivers shtati politsiyasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xodimi Greys Iringe-Koko yozma bayonotida, shtatning Ahoada shahrida Eze va Ahoada etnik guruhlari o'rtasida zo'ravonlik sodir bo'lganini aytdi.

To'qnashuvda 8 kishining hayotdan ko'z yumganini tilga olgan İringe-Koko, ko'p odamning  esa yaralanganini qayd etdi.

İringe-Koko, mintaqaga xavfsizlik kuchlari yuborilganini va voqea yuzasidan tergov boshlanganini bildirdi.

Mamlakat janubidagi shtatlarda turli guruhlar o‘rtasida tabiiy resurslarni bo‘lishish imkoni yo‘qligi sababli vaqti-vaqti bilan zo‘ravonliklar sodir bo‘ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #8 kishi halok , #Rivers shtati , #Nigeriya

Aloqador xabarlar