Tanzaniyada yo‘lovchi samolyoti Viktoriya ko‘liga qulab tushdi

Tanzaniyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi.

1902909
Tanzaniyada yo‘lovchi samolyoti Viktoriya ko‘liga qulab tushdi

 

Tanzaniyada yo‘lovchi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Viktoriya ko‘liga quladi. Halokat oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi.

Yaradorlar shifoxonaga olib ketilgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa yog‘ingarchilik va yomon ob-havo tufayli sodir bo‘lgan.

Dar es-Salamdan Bukoba aeroportiga uchayotgan samolyotda 39 yo'lovchi va 4 nafar ekipaj bo'lgan.

Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu Hassan o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida baxtsiz hodisa haqida ma’lum qildi.

"Precision Air aviakompaniyasiga tegishli samolyotning halokatga uchragani haqidagi xabarni qayg'u bilan bilib oldim. Iltimos, qutqaruv ishlari davom etar ekan, xotirjamlikni saqlang",-dedi mamlakat prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Tanzaniya

Aloqador xabarlar