Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiyaga tashrif buyuradi

Shvetsiya hukumati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Kristerssonning mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashish maqsadida poytaxt Anqaraga tashrif buyuradi.

1902265
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson 8 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi.

Shvetsiya hukumati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Kristerssonning mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashish maqsadida poytaxt Anqaraga tashrif buyuradi.

Kristersson 20 oktyabr kuni Prezident Erdo'g'anga maktub yo'llab, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish jarayonini muhokama qilish uchun Anqaraga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Shvetsiya Adliya vazirligi delegatsiyasi 5-6 oktyabr kunlari poytaxt Anqarada xuddi shu mavzu bo'yicha Adliya vazirligi rasmiylari bilan yig'ilish o'tkazdi.

28 iyun kuni NATOning Madriddagi sammitida Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya o'rtasida uch tomonlama memorandum imzolangandi.


Tanlangan kalimalar: #Ulf Kristersson , #Turkiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar