Ukrainadan don olib ketuvchi 8ta kema 3 noyabr kuni yo'lga otlanadi

Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning ma'lum qilishicha, Rossiya tomonidan g'alla koridori kelishuvi to'xtatilganiga qaramay, Ukrainadan don olib ketuvchi 8 ta kema 3 noyabr kuni Ukraina portlarini tark etishi rejalashtirilmoqda.

1901103

Kubrakov, o'zining Twitter'dagi sahifasida, Birlashgan Millatlar Tashkilotidan kerakli ruxsat olinganligini va "don yo'lagi" kelishuvi doirasida 8 ta kemaning portlarni tark etishi kutilayotganini ta'kidladi.

"Qora dengiz g'alla tashabbusi davom etmoqda. 3-noyabr payshanba kuni qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tashiydigan 8 ta kema don yo'lagidan o'tishi kutilmoqda. BMTdan ruxsat oldik. Shuningdek, ertaga Bosfor bo'g'ozida tekshiruvlar o'tkaziladi",-dedi u.

Global oziq-ovqat inqirozini hal qilish uchun Turkiya tashabbusi bilan amalga oshirilgan don yetkazib berish shartnomasi 22 iyul kuni Istanbulda Prezident Rajab Tayyip Erdo'g’an yetakchiligida Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT o’rtasida imzolangan edi.

Eslatma: Rossiya 29 oktyabr kuni Ukrainadan don mahsulotlari eksporti bo‘yicha kelishuvni noma’lum muddatga to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar