Hindistonda ko‘prikning qulashi oqibatida daryoga qulagan yuzlab odamlardan 90 nafari halok bo‘ldi

Hindistonning Gujarat shtatida ko‘prikning qulashi oqibatida daryoga qulagan yuzlab odamlardan 90 nafari halok bo‘ldi.

1899863

Mamlakat g‘arbiy qismidagi Morbi shahrida kamida 500 kishi bo‘lgan osma ko‘prik qulab tushdi.

Voqeada ko'prik ustidagi yuzlab odamlar Makchu daryosiga qulagan bo'lsa, ulardan 90 nafari hayotdan ko'z yumdi.

Gujarat politsiyasi boshlig‘i Ashish Bxatia qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanganini, ko‘plab odamlar qutqarilganini, biroq qurbonlar soni ortishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bosh vazir Narendra Modi Twitter’dagi sahifasida  bergan bayonotda  voqeadan chuqur qayg‘uda ekanligini ta’kidladi.

"Qidiruv va qutqaruv guruhlari jabrlanganlarga yordam beradi. Gujaratdagi fojia meni xavotirga solmoqda. Mening fikrim va duolarim jabrlanganlar bilan". Deya qayd etdi.

Modi, shuningdek, halokatda halok bo'lganlarning yaqinlariga taxminan 2430 dollar, jarohatlanganlarga esa taxminan 600 dollar berilishini aytdi.

Tanlangan kalimalar: #Qullab tushdi , #Ko'prik , #Hindiston

Aloqador xabarlar