Bag'dodda gaz tankeridagi portlash oqibatida 9 kishi halok bo'ldi

Bag'dodning Bunuk hududida tabiiy gaz yuklangan tankerda texnik nosozlik tufayli portlash sodir bo'lgan.

1899571
Bag'dodda gaz tankeridagi portlash oqibatida 9 kishi halok bo'ldi

 

Iroq poytaxti Bag'dodda gaz tankeridagi portlash oqibatida 9 kishi halok bo'ldi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Bag'dodning Bunuk hududida tabiiy gaz yuklangan tankerda texnik nosozlik tufayli portlash sodir bo'lgan.

Bag'dod operatsiyalari qo'mondoni general Ahmet Selim voqea joyida bergan bayonotiga ko'ra, portlashda 9 kishi halok bo'lgan, 13 kishi yaralangan.


Tanlangan kalimalar: #Bag'dod

Aloqador xabarlar