Peskov: Turk oqimi tabiiy gaz quvurida mavjud quvvatni oshirish uchun muhim salohiyat bor

Poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan intervyusida Peskov, Türkiyening rus gazi importchilaridan biri ekanini ta’kidladi.

1897733
Peskov: Turk oqimi tabiiy gaz quvurida mavjud quvvatni oshirish uchun muhim salohiyat bor

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov, Turk oqimi tabiiy gaz quvurida mavjud quvvatni oshirish uchun muhim salohiyat borligini qayd etdi.

Poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan intervyusida Peskov, Türkiyening rus gazi importchilaridan biri ekanini ta’kidladi.

Türkiye bilan Rossiyaning Turk oqimi tabiiy gaz quvuri orqali bog‘langaniga e’tibor qaratgan Peskov:

“Turk oqimi, ehtiyoj tug‘ilganida quvvatni oshirish uchun katta salohiyatga egadir”. – dedi.

Türkiyening G‘arb davlatlaridan farqli munosabatda ekani va o‘rtamchilik qilish imkoni borligini ifoda etgan Peskov:

“Türkiye yurtimizda davom etayotgan savdo va iqtisodiy munosabatlar jihatidan milliy manfaatlarini himoya qilmoqda va G‘arbning sanksiyalariga qo‘shilmadi. Bu vaziyat, ham Turk xalqi ham da o‘zaro munosabatlarimiz jihatidan alohida o‘ringa ega”.-deya gapirdi.

Türkiye bilan Rossiya o‘rtasidagi gaz yetkazib berish bo‘yicha uchrashuvlarning davom etganini qayd etgan Peskov:

“Ko‘p formatli hamkorlik doimiy aloqa degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun biz Türkiye bilan uchrashishni davom etyapmiz, bundan buyon ham davom etamiz”.-dedi.

Peskov, shuningdek, Türkiyeda tabiiy gaz markazi tashkil etish masalasi tafsilotlariga ham aniqlik kiritilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar