Maya Sandu: Chegaralarimizning hurmat qilinishini talab qilamiz

Moldova Prezidenti Maya Sandu, Rossiya raketalarining Moldova havo hududini paymol qilganini qayd etdi.

1891847
Maya Sandu: Chegaralarimizning hurmat qilinishini talab qilamiz

Maya Sandu, Ukraina shaharlariga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya raketalarining, Moldova havo hududini paymol qilganini qayd etdi.

Prezident Maya Sandu mavzu haqida:

“Chegaralarimizning hurmat qilinishini talab qilamiz”. - dedi.

Moldova Prezidenti Maya Sandu poytaxt Kishinyovda uyushtirgan matbuot anjumanida dolzarb mavzular ustidan bayonot berdi.

Rossiyaning bir kun avval Ukrainadagi harbiy bo‘lmagan infratuzilma unsurlariga qarshi raketalar orqali hujum uyushtirganiga e’tibor qaratgan Sandu:

“Begunoh insonlarning bombardimon qilinishi va o‘ldirilishi harbiy jinoyatdir va biz uni keskin qoralaymiz”. – deya gapirdi.

Sandu, rus raketalarining Moldova havo hududini paymol qilganini ta’kidlab:

“Ba’zi raketalar havo hududimizni ruxsatsiz kesib o‘tdi. Moldova Respublikasi, boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini hurmat qilgan tinchliksevar bir davlatdir. Buni ko‘p marta aytdik va harakatlarimiz bilan isbotladik. Shu bois ham hurmat qilinishini talab qilamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar