Katta yettilik davlatlar liderlari Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumlarini qoraladi

Katta yettilik davlatlari yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga yaqinda uyushtirgan raketa hujumlarini qoralab, bu davlatga moliyaviy, gumanitar, harbiy va diplomatik yordam berishda davom etishlarini bildirdi.

1891741
Katta yettilik davlatlar liderlari Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumlarini qoraladi

 

Katta yettilik davlatlari yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga yaqinda uyushtirgan raketa hujumlarini qoralab, bu davlatga moliyaviy, gumanitar, harbiy va diplomatik yordam berishda davom etishlarini bildirdi.

AQSh, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiyadan iborat “Katta yettilik” davlatlari yetakchilari Rossiya kuchlarining Ukrainaning ko‘plab hududlariga raketa hujumi uyushtirganidan so‘ng navbatdan tashqari yig‘ildi.

Videokonferensiya  bilan tashkil etilgan sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etdi.

Sammitdan keyin qabul qilingan mushtarak bayonotda liderlar, Rossiyaning Ukrainaga qarata uyushtirgan raketa hujumlarini eng keskin tarzda qoralaganliklarini e'lon qildi.

Hujumlar uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa rasmiylarni javobgarlikka tortishlarini bildirgan liderlar, Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporojye  va Xerson viloyatlari bilan Qrim va Sevastopol viloyatlarini noqonuniy anneksiya qilish tashabbusini qoralaganliklarini bildirdi.

Rahbarlar barcha mamlakatlarni Rossiyaning xalqaro huquq qoidalarini buzishiga qarshi turishga va Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini ochiqdan-ochiq buzayotgani sababli Ukrainadan oʻz kuchlarini olib chiqishga chaqirdi.

Rossiyaga “iqtisodiy  yevaz to’lash”da davom etishlarini ta’kidlagan liderlar, taranglikni kuchaytirgan Rossiyaning “mas’uliyatsiz yadroviy gaplarini va qisman safarbarlik e’lon qilishini” qoralaganliklarini e’lon qildi.

“Rossiya tomonidan kimyoviy, biologik yoki yadroviy qurollardan foydalanish og‘ir oqibatlarga olib kelishini tasdiqlaymiz”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.

Rossiyaning Zaporojye atom elektr stansiyasiga qarshi harakatlarini ham qoralagan bayonotda, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday avariya uchun Moskvaning javobgar bo'lishi qayd etildi.

Rahbarlar, shuningdek, Belarusni Rossiya kuchlarining o‘z hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi.

Liderlar Ukrainaga kerak boʻlgunga qadar moliyaviy, gumanitar, harbiy va diplomatik yordam koʻrsatishda davom etishlarini eʼlon qilib, bu davlatning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralaridagi mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini toʻliq qoʻllab-quvvatlashlarini yana bir bor taʼkidladilar.

Qoʻshma bayonotda liderlar Zelenskiyga Ukrainani, jumladan qishga harbiy tayyorgarlikni qatʼiy qoʻllab-quvvatlashda davom etishlarini bildirganliklarini taʼkidladilar.

“Biz Ukrainaning zudlik bilan zarur bo‘lgan harbiy va mudofaa texnikasini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda davom etamiz”, deya qayd etildi.

“Shimoliy oqim” quvurlariga ataylab zarar yetkazilganiga ham ishora qilingan bayonotda muhim infratuzilmalarga qilingan hujumlar keskin qoralandi.

 



Aloqador xabarlar