Venesuelada yog‘ingarchilik tufayli ko‘chki va toshqinlarda qurbon bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

Venesuelaning Aragua shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan ko‘chki va toshqinlarda qurbon bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi.

1891059
Venesuelada yog‘ingarchilik tufayli ko‘chki va toshqinlarda qurbon bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

 

Venesuelaning Aragua shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan ko‘chki va toshqinlarda qurbon bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi.

Ichki ishlar va adliya vaziri Remigio Ceballos, jurnalistlarga bergan bayonotida, Tejerias shahrida 8-oktabrdan beri davom etgan kuchli yomg'irlar oqibatida hayotdan ko'z yumgan va g'oyib bo'lganlar sonining ortganini qayd etdi. Remijio Sebalos

“Afsuski, hozirgacha  36 kishi halok boʻldi, qurbonlarning yaqinlarining soʻzlariga koʻra, 56 kishi bedarak yoʻqolgan koʻrinadi”.  Deya ifoda etdi.

Mintaqada 300 tonna oziq-ovqat tarqatishga kirishganliklarini ifoda etgan Ceballos, qidiruv-qutqaruv ishlarining 1200 kishi bilan uzluksiz davom etganiga diqqat qaratdi. Ceballos xabar berishicha, 317 uy butunlay vayron bo'lgan va 757 uy zarar ko'rgan.

Prezident Nikolas Maduro ham Twitter’dagi sahifasida milliy birdamlikka chaqirdi.

"Xalq sifatida biz salbiy voqealarga qarshi hamisha birdam bo'lamiz. Xalqda har qanday sharoit va vaziyatda unga murojaat qilish uchun 24 soat ishlaydigan hukumat bor" deya  bayonotlar berdi.

Maduro tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar bilan birdamlik sifatida kecha uch kunlik “milliy motam” e’lon qilgan edi.

Venesuelaning ayrim hududlarida La Nina ob-havosi tufayli me’yordan ortiq yog‘ingarchilik

 



Aloqador xabarlar