Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainada hayotdan ko‘z yumganlar son ortdi

Ukrainaning Favqulodda xizmati, kecha, poytaxt Kiyev va mamlakatning boshqa shaharlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda hayotdan ko‘z yumganlar haqida bayonot berdi.

1891134
Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainada hayotdan ko‘z yumganlar son ortdi

Kehca, Rossiya kuchlari tomonidan Ukrainaning ba’zi shaharlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda hayotdan ko‘z yumganlar soni 19 nafarga yetdi, 105 kishi tan jarohati oldi.

Ukrainaning Favqulodda xizmati, kecha, poytaxt Kiyev va mamlakatning boshqa shaharlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda hayotdan ko‘z yumganlar haqida bayonot berdi.

Unda, hujumlar yuzasidan hayotdan ko‘z yumganlar sonining 19 nafarga yetgani, 105 kishining tan jarohati olgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, kechadan beri ular orasida Kiyev va Lvovga qarashli mintaqalar ham o‘rin olgan jami 301 aholi punkti elektr ta’minotisiz qolgani ma’lum qilindi.

Rossiya kuchlari kecha Ukrainaning ko‘plab shaharlariga, xususan, Kiyev, Lvov va Dneprga raketa va kamikadze insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirgandi.



Aloqador xabarlar