Rossiya Ukrainaga ketma-ket raketa hujumini sodir qilmoqda

Kaspiy dengizidagi Rossiyaning “Tu-95” va “Tu-160” rusumli raketa tashuvchi samolyotlaridan “X-101” va “X-555” tipidagi raketalar Ukrainaga uchirilgani ma’lum qilindi. Raketalardan 4 tasi Ukraina mudofaa kuchlari tomonidan yo'q qilindi.

1891343
Rossiya Ukrainaga ketma-ket raketa hujumini sodir qilmoqda

 

Ukraina Bosh shtabi Kaspiy dengizi mintaqasida Rossiya samolyotlaridan Ukrainaga raketalar uchirilgani haqida xabar berdi.

Bosh shtab bayonotida, Kaspiy dengizidagi Rossiyaning “Tu-95” va “Tu-160” rusumli raketa tashuvchi samolyotlaridan “X-101” va “X-555” tipidagi raketalar Ukrainaga uchirilgani ma’lum qilindi.

Raketalardan 4 tasi Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo'q qilingani bildirildi.

Rasmiylar hujum xavfi davom etganiga urg'u berib, fuqarolarni boshpanalarda qolishga chaqirdi.

Rossiya kuchlari tomonidan Ukrainadagi hujumlarda qo'llanilgan Eronda ishlab chiqarilgan "Shahid kamikaze" uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV) Belarusdan parvoz qilgani ma'lum qilindi.

Belarus tomonidan hujum qilayotgan Rossiya kuchlariga materiallar, transport vositalari va o‘q-dorilar yetkazib berilgani qayd etilgan.

Ma`lum qilinishicha, raketalar Rossiya kuchlari tomonidan Ukraina g'arbidagi Lvov shahriga uchirilgan.

Lvov meri Andrey Sadoviy Twitter’dagi sahifasida Rossiya kuchlari shaharning muhim infratuzilma ob’ektlariga raketa bilan zarba berganini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, hujum tufayli shaharning ba'zi joylarida elektr ta'minoti uzilgan. Sadoviy Lvov aholisini "boshpanalarda qolish"ga chaqirgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar