Kiyevda sodir etilgan raketa hujumida 8 kishi halok bo'ldi

Ukraina Ichki ishlar vazirligi Kiyevdagi so‘nggi hujumlarda 8 kishi halok bo‘lganini, 24 kishi jarohatlanganini tasdiqladi.

1890567
Kiyevda sodir etilgan raketa hujumida 8 kishi halok bo'ldi

 

Bugun, 10 oktyabr kuni ertalab Rossiya yana Kiyevga hujum qildi. Shaharda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinganidan keyin bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi Kiyevdagi so‘nggi hujumlarda 8 kishi halok bo‘lganini, 24 kishi jarohatlanganini tasdiqladi.

Ma'lumotga ko'ra, Kiyevga otilgan raketalardan biri xavfsizlik xizmatlari joylashgan ko‘chaga tushgan, prezident Vladimir Zelenskiyning idorasi ham ushbu hududda joylashgan.

Zelenskiy poytaxt va boshqa shaharlardagi portlashlardan keyin bayonot berdi.

"Urushning 229-kunida ular bizni yo‘q qilmoqchi, yer yuzidan yo‘q qilmoqchi. Ular Zaporojyada uylarida uxlab yotgan xalqni, Kiyevga ishlashga kelganlarni o‘ldirishdi",-dedi prezident Zelenskiy.

"Afsuski, bizda halok bo'lganlar va yaradorlar bor. Iltimos, boshpanalarni tark etmang",- deya xalqni ogohlantirgan Zelenskiy.

Kiyev meri Vitaliy Klichko ham hujum haqidagi ma’lumotni Telegram’dagi sahifasida tasdiqladi.

"Xavf davom etmoqda. Poytaxtning barcha aholisi boshpanalarda qolishi kerak. Kiyevning markaziy ko‘chalari huquq-tartibot idoralari tomonidan transport harakati uchun yopilgan, qutqaruv xizmatlari davom etmoqda", dedi u.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #portlash , #Kiyev

Aloqador xabarlar