Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz berdi

Qrim favqulodda xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali transport o‘tish joyida poyezdlar harakati ham to‘xtatilgan.

1890526
Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz berdi

 

8 oktyabr kuni Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz berdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatildi.

Qrim favqulodda xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali transport o‘tish joyida poyezdlar harakati ham to‘xtatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan ma'lumotlarga ko'ra, ko‘prik uchastkalaridan birida yoqilg‘i baki yonib ketgan.

Yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Kerch bo‘g‘ozidagi yuk tashish ko‘prikdagi favqulodda vaziyat tufayli to‘xtatilmagan.

Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019 yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Qrim

Aloqador xabarlar