O‘rta yer dengizi orqali muhojirlarning xavfli safari davom etmoqda
Bundan 9 yil muqaddam yuz bergan buyuk falokatdan beri, 25 ming muhojir jon berdi.
Oxirgi 9 yil ichida O‘rta yer dengizida 25 ming muhojir halok bo‘ldi.
Bundan roppa-rosa 9 yil muqaddam ya’ni, 2013-yilning 3-oktabri kuni Italiyaning Lampeduza oroli yaqinida 368 muhojir jon berdi. Mazkur falokatda jon berganlardan 9 nafari yosh bola, 83 nafari ayol kishi edi. Shunga qaramay O‘rta yer dengizi orqali Afrikadan Yevropaga o‘tishga uringan noqonuniy muhojirlarning xavfli safari davom etmoqda.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning (MXT) O‘rta yer dengizi bo‘limi, yuz bergan birinchi buyuk falokatdan beri, halok bo‘lgan muhojirlar sonining 25 ming nafarga yetganini ma’lum qildi. MXT, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi, BMTning Bolalar jamg‘armasi UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yuqorida nomi tilga olingan 25 ming muhojirdan 20 ming nafari, O‘rta yer dengizi yo‘nalishida jon bergan.
O‘rta yer dengizida faqatgina joriy yilning ortda qolgan davrida, 1400 kishining halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani bildirildi.
Ularning 84 foizi yana O‘rta yer dengizining o‘rta qismida joylashgan “xavfli” migratsiya yo‘lida, Yevropaga bo‘lgan safar chog‘ida qayd etilgan.