Erondagi yer silkinishida tan jarohati olganlar soni ortdi

Kecha, yarim kechasi Eronda sodir bo‘lgan yer silkinishida ilk aniqlashlarga ko ‘ra 276 kishi tan jarohati olgandi.

1889291
Erondagi yer silkinishida tan jarohati olganlar soni ortdi

Kecha, Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatining Xoy shahrida yer silkinishi qayd etildi. Uning oqibatida, 1127 kishi tan jarohati oldi.

Eron davlat telekanaliga mavzu haqida intervyu bergan Favqulodda vaziyatlar tashkiloti Matbuot xizmati kotibi Mujteba Xolidiy, G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida, 10 kilometr taranglikda sodir bo‘lgan yer silkinishida 1127 kishining tan jarohati olganini bildirdi.

Xolidiy, tan jarohati olgan 116 kishidan 111 nafari Xoyda, 5 nafari Selmasda davolanayotgani va 71 kishining jarrohlik amaliyotdan o‘tgani shuningdek 1 kishining ahvoli og‘ir ekani tufayli reanimatsiyada yotganini bildirdi.

Eron davlat telekanaliga bergan intervyusida G‘arbiy Ozarbayjon gubernatori Muhammad Sodiq Mutemediyan esa, yer silkinishi va aftershok oqibatida qishloqda 50 ta uy butunlay vayron bo‘lgani va qariyb 500 uyning ziyon ko‘rganini ifoda etdi.

Eron davlat telekanali, kecha, Türkiye chegarasiga yaqin Xoy shahrida mahalliy vaqt bilan soat 03:51 da 5,4 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lganini xabar qilgandi.

Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, epitsentri Vanning Bashkale tumanidan taxminan 62 kilometr uzoqlikda ekanini ma’lum qilar ekan, yer silkinishining 5,6 magnitudali ekanini qayd etgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yer silkinishi Van va Hakkarida ham sezilgani haqida xabar tarqadi.

 



Aloqador xabarlar