Ukraina Xerson viloyatidagi qishloqni ruslardan ozod qildi

“Bu safar Ukraina maxsus operatsiya kuchlari askarlari Xerson viloyatidagi “Mala Oleksandrivka” ustidan nazoratni qo’lga kiritdi”,-deyiladi xabarda.

1889279
Ukraina Xerson viloyatidagi qishloqni ruslardan ozod qildi

 

Ukraina qurolli kuchlari urushning birinchi kunlarida Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson viloyatidagi qishloq ustidan nazoratni qayta qo’lga kiritdi.

Bu haqda Ukraina maxsus operatsiya kuchlarining Telegramdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

“Bu safar Ukraina maxsus operatsiya kuchlari askarlari Xerson viloyatidagi “Mala Oleksandrivka” ustidan nazoratni qo’lga kiritdi”,-deyiladi xabarda.

Lugansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday o‘zining Telegram’dagi akkauntida Ukraina armiyasi Lugansk viloyatidagi aholi punktlari ustidan nazoratni tiklash uchun chora ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu mintaqadagi ba'zi aholi punktlari Ukraina armiyasi nazorati ostida bo'lganini ifoda etgan Gayday, "Lugansk viloyatini ishg'oldan ozod qilish boshlandi. Bir qancha aholi punktlari allaqachon Rossiya armiyasidan ozod qilingan va u yerda Ukraina Qurolli kuchlari allaqachon Ukraina bayrog'ini o’rnatgan",-dedi.

Eslatma: Ukraina armiyasi avvalroq, Xarkov viloyatidagi 169 ta aholi punktini ozod qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar