Erondagi yer silkinishida 276 kishi tan jarohati oldi

Yarim kechasi Eronda sodir bo‘lgan yer silkinishida 276 kishi tan jarohati oldi.

1888516
Erondagi yer silkinishida 276 kishi tan jarohati oldi

Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatiga qarashli Xoy shahrida sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida 578 kishi tan jarohati oldi.

Eron davlat telekanali maʼlumotlariga koʻra, mahalliy vaqt bilan soat 03.51 da 5,4 magnitudali yer silkinishi sodir boʻlgan va uning epitsentri Xoy shahri deb qayd etildi.

Roppa-rosa 10 kilometr teranglikda yuz bergan yer silkinishi, atrofdagi shaharlarda ham sezilgan.

Voqeada, ilk aniqlashlarga ko‘ra 578 kishi tan jarohati olar ekan, qariyb 500 ta uy ziyon ko‘rgan.

Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD), epitsentri Vanning Bashkale tumanidan taxminan 62 kilometr uzoqlikda ekanini ma’lum qilar ekan, yer silkinishining 5,6 magnitudali ekanini ma’lum qilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yer silkinishi Van va Hakkarida ham sezilgani haqida xabar tarqadi.

 



Aloqador xabarlar