Bayden Ukrainaga yangi xavfsizlik yordami uchun 625 million dollar ajratdi

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yangi xavfsizlik yordami uchun 625 million dollarni e'lon qildi.

1888602
Bayden Ukrainaga yangi xavfsizlik yordami uchun 625 million dollar ajratdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yangi xavfsizlik yordami uchun 625 million dollarni e'lon qildi.

Oq uydan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Amerika Qo'shma Shtatlarining Rossiyaning Ukrainani anneksiya qilishini hech qachon tan olmasligini ta'kidlagan Bayden, Ukrainaga yordamlarini doimo davom ettirishlarini ma'lum qildi va bu davlat uchun 625 million dollarlik yangi xavfsizlik yordamini e'lon qildi.

Yordam paketi ichida HIMARS ko'p barrelli raketalar, qurollar, shu jumladan to'p tizimlari va harbiy o'q-dorilarni o'z ichiga olganini ta'kidlagan Bayden, Rossiyaning anneksiya qilish harakatlarini qo'llab-quvvatlaganlarga qarshi  har doim qattiq sanktsiyalarga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

AQSh Prezidenti, shuningdek, Istanbulda imzolangan, Ukraina g'allasining xalqaro bozorini ta'minlagan g'alla koridori kelishuvining muvaffaqiyatini olqishlaganini va Ukrainaning erkinligi va demokratiyasi uchun xalqaro sa'y-harakatlarni doimo qo'llab-quvvatlashlarini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Ukraina , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar