Finlandiya 30 sentyabrda rossiyalik sayyohlar uchun chegarani yopadi

"Qaror rossiyalik sayyohlarning Finlyandiya hududiga kirishi va tranzit o‘tishini butunlay oldini olishga qaratilgan”,-dedi Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto matbuot anjumanida.

1886475
Finlandiya 30 sentyabrda rossiyalik sayyohlar uchun chegarani yopadi

 

Finlyandiya hukumati 30 sentabr yarim tundan boshlab rossiyalik sayyohlar uchun mamlakat chegaralarini yopadi. 

Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Qaror rossiyalik sayyohlarning Finlyandiya hududiga kirishi va tranzit o‘tishini butunlay oldini olishga qaratilgan”,-dedi u.

Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto matbuot anjumanida uning mamlakati rasmiylari hozirda rossiyaliklar oqimini Finlandiyaning xalqaro munosabatlariga tahdid deb bilishini tushuntirdi. 

Shu bilan birga, Rossiya fuqarolariga yaqin qarindoshlari bilan uchrashish, ishlash va o‘qish uchun mamlakat hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Uning aytilishicha, rossiyalik sayyohlar Finlyandiyaga sayohat qilishda davom etmoqda va bu mamlakatning xalqaro aloqalarini xavf ostiga qo'yadi.

Finlyandiyadagi chegara postlari Rossiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga quruqlik orqali kirishlari uchun kamdan-kam uchraydigan o‘tish joylari hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Rossiyadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga parvozlar amalga oshirilmayotir.

Rossiya bilan chegaradosh Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari ham o‘tishga ruxsat bermaydi.

1-sentyabrdan boshlab Finlyandiya Rossiya fuqarolariga, shu jumladan sayyohlik maqsadlarida beriladigan vizalar sonini me’yorning o‘ndan biriga qisqartirdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Finlyandiya

Aloqador xabarlar