Rossiya Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan birinchi kelishuvini tuzdi

Rossiya bilan Afg‘oniston energiya, yoqilg‘i va bug‘doy tashish masalasi bo‘yicha kelishuv tuzdi.

1886021
Rossiya Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan birinchi kelishuvini tuzdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Afg‘onistondagi maxsus vakili Zamir Kabulov, Rossiya bilan Afg‘oniston o‘rtasida energiya resurslari va bug‘doy tashish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Kabulov, Rossiyaning TASS axborot agentligiga bergan bayonotida, Afg‘oniston bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgani haqida gapirdi.

Shartnomaning energiya, yoqilg‘i va bug‘doy tashish masalasini o‘z ichiga olganini ta’kidlagan Kabulov,

“Shunday kelishuvlar tuzildi. Tomonlar bundan buyon uning miqdori bo‘yicha tegishli kelishuvlarni imzolashlari kerak”.-dedi.

Tolibonning Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid esa, shaxsiy Twitter sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Tolibon muvaqqat hukumati Savdo va sanoat vaziri oʻrinbosari Xo‘ji Nureddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazganini bildirdi.

Bayonotda,

“Rossiya bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng kelgusi yil uchun neft mahsulotlari va bug‘doy kabi zarur mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha turli shartnomalar imzolashda muvaffaqiyatga erishildi”,-degan ifodalarga ovrin berildi.

Ta’kidlanishicha, bir necha haftadan so‘ng Rossiyadan jo‘natiladigan mahsulotlar Afg‘oniston bozoriga kirishi mumkin.



Aloqador xabarlar