RF tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum yakunlandi

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum yakunlandi.

1885648
RF tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum yakunlandi

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan va ortidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari bilan Zaporoje va Xerson viloyatlarida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

Rossiya nazoratidagi Donbas, Xerson va Zaporojya viloyatlarida 23-sentabr kuni Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun boshlagan referendumlar yakunlandi.

Mintaqalardagi sanoq komissiyalarining noaniq ma’lumotlariga ko‘ra LXRda ovozlar yuz foiz sanalgan. Ishtirokchilarning 98.42 foizi Rossiya tarkibiga kirishni qabul qilgan.

DXRdagi ovozlarning 56,85 foizigina hisoblangan bo‘lib, ularning 94,75 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz bergan.

Rossiya armiyasi nazoratidagi Xerson viloyatida ham ovozlar butunlay sanalgan. Referendumda qatnashganlarning 87,05 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilishni yoqlagan.

Zaporojye viloyatida esa barcha ovozlar hisoblab chiqilgani va saylovchilarning 93,11 foizi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergani ifoda etildi.



Aloqador xabarlar