Muhriddin Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi oxirgi vaziyatni baholandi

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi Bosh Assambleyasi yigʻilishida, Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida oʻtgan haftalarda sodir boʻlgan mojarolar va oxirgi vaziyatni baholadi.

1884525
Muhriddin Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi oxirgi vaziyatni baholandi
Kırgızistan Bayrak.jpg
Tacikistan.jpg

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun qoʻlidan kelganicha harakat qilishlarini bildirib, Qirgʻiziston bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi Bosh Assambleyasi yigʻilishida nutq soʻzladi. Unda, Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida oʻtgan haftalarda sodir boʻlgan mojarolar va oxirgi vaziyatni baholadi.

Haftaning dushanba kun, 19-sentabrda Qirg‘iziston bilan Tojikiston chegarasidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha protokol imzolanganini yodga solgan Sirojiddin Muhriddin.

“Ikki tomon qoʻshinlari bilan harbiy texnikalarini chegara yaqinidan doimiy dislokatsiya manzillariga olib ketishi kerak. Chegara hududida qoʻshma tekshiruv ishlari ijro etildi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish uchun qoʻshma tezkor guruh tashkil etildi. Eng muhimi, ikki tomon ham muammoni siyosiy va diplomatik yo‘llar orqali hal etish tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar”.-dedi.

Qirgʻizistonlik rasmiylar tomonidan BMTda tojik-qirgʻiz chegarasidagi mojarolar haqida bergan bayonotlariga e’tibor qaratgan Muhriddin, ushbu assambleyada chegara masalasini asossiz kun tartibiga olib chiqish yaxshi emasligini qayd etdi.

Chegara masalasi populistik va inqiroz xavfi tugʻdiruvchi bayonotlar bilan hal qilinmasligini ifoda etgan Muhriddin, bugundan boshlab ikki mamlakat chegarasining 61 foizini tashkil etgan 602 kilometrlik qismi uchun bayonot loyihasini ishlab chiqishga muvaffaq boʻlganliklari va ular bu masalada kelishib olishlari mumkinligini bildirdi.

“Tojikiston tinchlikning qadrini biladi hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun qoʻlidan kelganini qiladi”,-degan Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Muhriddin:

“Biz muzokaralarni davom ettirishga tayyormiz. Tojik va qirg‘iz xalqlarining totuvlik, do‘stlik va tinchlik muhitini barpo etish va birgalikda yashash huquqiga to‘liq ishonamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Muhriddin, voqealarda Tojikiston tomonida qayd etilgan qurbonlar va yetkazilgan moddiy ziyonlardan Qirg‘iziston tomonini javobgar deb topib,

“Bundan buyon tojik-qirg‘iz chegarasida yuzaga keladigan har qanday taranglik uchun javobgarchilik ayniqsa Qirg‘iziston zimmasiga tushadi”, - deya gapirdi.

Eslatib oʻtamiz:

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida 14-17 sentabr kunlari sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda Qirg‘izistonda 62, Tojikistonda 35 kishi halok bo‘lgandi.

 



Aloqador xabarlar