Toyota Sankt-Peterburgdagi zavodini yopishga qaror qildi

Sankt-Peterburgdagi “Toyota Motor” zavodi 2007 yilda ochilgan. U joriy yilning mart oyida Toyota butlovchi qismlar yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli o’z faoliyatini to‘xtatgandi.

1884555
Toyota Sankt-Peterburgdagi zavodini yopishga qaror qildi

 

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Sankt-Peterburg yaqinidagi Shushari posyolkasida joylashgan zavodini yopishga qaror qildi.

Bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Vazirlik qaror sabablariga aniqlik keltirmadi.

Sanoat va savdo vazirligi xabarida ta’kidlanishicha, kompaniya xodimlar oldidagi majburiyatlarning bajarilishini, Toyota va Lexus avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, dilerlik tarmog‘i qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlagan.

Rossiyaning “Kommersant” gazetasida berilgan mavzuga doir xabarda Toyota Rossiya bozoridan chekinmagani, aksincha ishlab chiqarish uchun kerakli qismlarni olishda qiynalganligi sababli zavodni yopishga qaror qilgani bildirildi.

Sankt-Peterburgdagi “Toyota Motor” zavodi 2007 yilda ochilgan. U joriy yilning mart oyida Toyota butlovchi qismlar yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli o’z faoliyatini to‘xtatdi.


Tanlangan kalimalar: #Sankt-Peterburg , #Toyota

Aloqador xabarlar