Ukraina mahbus almashish jarayonidagi Türkiyening o‘rniga e'tibor qaratdi

Ukraina, Prezident Erdo‘g‘an olib borgan diplomatik aloqalar natijasida 215 mahbusning qaytarib berilishi ustidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1883735
Ukraina mahbus almashish jarayonidagi Türkiyening o‘rniga e'tibor qaratdi

Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Yermakning qayd etishicha, Rossiya bilan mahbuslarni almashish jarayonida Ukraina tomonining Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan doimiy aloqada bo‘lishi muhim.

Ukraina, Prezident Erdo‘g‘an olib borgan diplomatik aloqalar natijasida 215 mahbusning qaytarib berilishi ustidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Ukrainaning har kuni 24 soat xalqaro sheriklari bilan mahbuslarni almashish amaliyoti uchun chora qidirganini qayd etgan Yermak:

“Sheriklarimiz bilan ayniqsa, turk tomoni bilan bo‘lgan xalqaro aloqalarimiz, Prezident Erdo‘g‘an bilan tez-tez uchrashib turishimiz judayam muhim edi”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mahbuslarni almashish amaliyotiga Türkiye qo‘shgan hissaning qanchalik muhimligini ta’kidlagan Yermak, Türkiyeni nazarda tutgan holda:

“Kecha ham muhim rol o‘ynadi. Mahbus almashishning oxirgi qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Anqarada qayd etildi”.-dedi.

Yermak, mahbus almashish jarayoning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun turk va ukrainalik oliy darajali rasmiylarning har doim muloqatda ekanini shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning telefon orqali gaplashganini bildirgan holda oʻz soʻzini:

“Prezident Erdo‘g‘an ikki kun oldin Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu shaxsiy muzokara va shaxsiy kafolatdir. Mahbuslarni almashish jarayonida Prezident Erdo‘g‘anning shaxsiy oʻrni va eng muhimi fuqarolarimizning Türkiyedagi xavfsizligi uchun kafolat berilganini alohida ta’kidlamoqchiman”.-degan ifodalar bilan yakunladi.

 



Aloqador xabarlar