Vladimir Zelenskiy prezident Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi

“Prezident Erdo’g’an bilan gaplashdim. Azovning 5 qo'mondoni Turkiyada Erdo'g'anning maxsus nazorati ostida xavfsiz saqlanadi. Janob Erdo’g’anga yana bir bor minnatdorlik bildiraman”,-dedi Ukraina prezidenti.

1883229
Vladimir Zelenskiy prezident Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya vositachiligida Rossiya bilan mahbuslar almashinuvidan so‘ng mamlakatga ekstraditsiya qilingan 215 nafar ukrainalik uchun Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi.

Vladimir Zelenskiyning o‘zi “Azov” qo‘mondonligi bilan videokonferensiya orqali uchrashgan.

Uning aytishicha, asir almashish shartlariga ko‘ra, beshta polk komandiri urush tugagunga qadar Turkiyada qoladi. Harbiylar Turkiya yetakchisi Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning shaxsiy himoyasi ostida bo‘ladi.

“Biz odamlarimizni uyga olib kelyapmiz. Bu, albatta, davlatimizning, butun jamiyatning g‘alabasi. Eng muhimi, o‘z yaqinlarini xavfsiz ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lgan 215 oila uchun”, deydi Zelenskiy videomurojaatida.

Zelenskiy “Rossiya asirligidan ozod qilingan qo‘mondonlarni” tabriklar ekan, 215 nafar ukrainalikni asirlikdan qutqarganliklarini ma’lum qildi va bu masalada vositachi bo‘lgan Prezident Erdo‘g‘anga chuqur minnatdorlik bildirdi.

“Prezident Erdo’g’an bilan gaplashdim. Azovning 5 qo'mondoni Turkiyada Erdo'g'anning maxsus nazorati ostida xavfsiz saqlanadi. Janob Erdo’g’anga yana bir bor minnatdorlik bildiraman”,-dedi Ukraina prezidenti.

Ma’lumotga ko’ra, Vladimir Zelenskiy asirlar almashinuvi doirasida siyosatchi Viktor Medvedchuk va 55 nafar rus askarini Moskvaga topshirdi. 

Medvechuk 215 nafar ukrainalik askarga, jumladan Mariupolning “Azovstal” zavodi himoyachilari va “Azov” polki qo‘mondonligiga almashtirilgan. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar