Vladimir Zelenskiyning korteji Kiyevda halokatga uchradi

Kiyevda yengil avtomashina Ukraina Prezidenti va hamrohlik qiluvchi mashinalar bilan to‘qnashib ketdi. Prezident shifokor ko‘rigidan o‘tdi, jiddiy jarohatlar aniqlanmadi.

1880114
Vladimir Zelenskiyning korteji Kiyevda halokatga uchradi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning korteji Kiyevda avariyaga uchradi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sergey Nikiforov Facebook orqali ma’lum qildi.

“Kiyevda yengil avtomashina Ukraina Prezidenti va hamrohlik qiluvchi mashinalar bilan to‘qnashib ketdi. Prezident shifokor ko‘rigidan o‘tdi, jiddiy jarohatlar aniqlanmadi”, deb yozadi Sergey Nikiforov Facebook'da.

Prezident korteji bilan to‘qnashgan avtomobil haydovchisi jarohat olgan. Prezidentga hamrohlik qilayotgan shifokorlar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, jabrlanuvchini tez yordam mashinasiga topshirishgan.

Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Matbuot kotibi boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar